Bahri-bayt kechasi bo‘lib o‘tdi

Опубликовано: 13 Июль 2026
на канале: Yakkasaroy TAKM
236
4

Bahri-bayt kechasi bo‘lib o‘tdi

🏛"Super xotira" loyihasi doirasida Yakkasaroy tuman hokimligi tashabbusi bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi Abdulla Qahhor uy muzeyida faol kitobxonlar o‘rtasida Bahri-bayt aytishuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
📚Bahri-bayt kechasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” hamda “Adabiyot shaydolari” jamoasi o‘zaro navbatma-navbat bayt, she’r, g‘azal aytib tortishdilar.
Jamoalar bahri baytning shartlariga ko‘ra bir jamoa aytgan baytning oxirgi so‘zi qaysi harf bilan tugagan bo‘lsa, ikkinchisi birinchi so‘zni xuddi shu harf bilan boshlab bayt, she’r, g‘azal aytdilar.
📚Tadbir so‘nggida do'stlik g'alaba qozongani munosabati bilan barcha ishtirokchilarga badiiy adabiyotolar sovg'a qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Xorijiy tillar kutubxonasi