YURAKNING ISHLASHI | ЮРАКНИНГ ИШЛАШИ.
KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:
/ @biologuz
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ: / uzbiolog
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
#yurakningishlashi #uzbiolog #biologuz by F1 Digitals Pixabay
Yurakning ishlashi. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o‘tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo‘lmacha va qorinchalari devoridagi muskullarning ritmik ravishda qisqarishi va kengayishi orqali amalga oshadi. Bo‘lmacha va qorinchalar muskullarining qisqarishi sistola, kengayishi diastola deb ataladi. Yurakning bo‘lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib- bo'shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib-kengayishidan bitta puls hosil bo‘ladi. Shunday qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har bir ish sikliga 0,8 sek. sarflanadi. Jumladan yurakning ikkala bo‘lmachasi bir vaqtda 0,1 sek davomida qisqaradi, bu vaqtda ulardagi qon qorinchalarga o‘tadi. So‘ngra bo'lmalar 0,7 sek davomida bo’shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sek davomida qisqarib, o‘ng qorinchadagi qon o'pka arteriyasiga, chap qorinchadagi qon aortaga o‘tadi. So'ngra qorinchalar bo‘shashib, 0,5 sek davomida tinim holatida bo'ladi. Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Yurak qorinchalari har bir qisqarganida 65-70 ml qonni arteriya tomirlariga chiqaradi, Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Tinch turgan holatda katta odamning yuragi bir-minutda 70-72 marta qisqarib kengayadi. Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miqdori uning bir minutda- qisqarib kengayishi soniga ko'paytirilsa, yurakning minutlik hajmi kelib chiqadi. Masalan, bir marta qisqarganda o'rtacha 70 mV qon chiqarilsa, uni bir minutdagi qisqarib-kengayish soniga, ya’ni 70 ga ko'paytirilsa, yurakning minutlik hajmi kelib chiqadi. U 4,91 ga teng (70 ml X 70 marta =4,9 L). Bir kecha-kunduzda yurak o'rtacha 100 ming marta qisqarib-kengayadi va 10 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Yurak ritmik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kecha-kunduzda bajargan ishi massasi 64 kg li yukni 300 m balandlikka ko'tarishga teng. Odamning o'rtacha umr ko'rishi 70-80 yil deb olinsa, shu davr ichida yurak aorta tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni to'ldirib, unda paroxod yurishi mumkin bo'ladi. Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib- kengayish soni mashg'ulotning sekin yoki tez bajarilishiga ko'ra bir minutda 100 martadan 200 martagacha ko'payishi mumkin. Demak, uning minutlik hajmi ham tinch holatdagiga nisbatan 1,5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan sportchilarda mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65-70 ml o‘rniga 100-150 ml gacha ortadi va bir minutda yurakning qisqarib-kengayish soni 150-200 martaga yetadi, ya’ni ularda yurakning minutlik hajmi 15-30L gacha ortishi mumkin. Chang’i sportida 8 soat davomida 100 km masofani o‘tgan spo’rtchining yuragi 35 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Yurak avtomatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning yuragini tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib qo‘yilsa, u tanadan va nerv sistemasidan ajratilganligiga qaramay, ma’lum vaqt davomida qisqarib- kengayib ishlab turadi. Yurakning o‘z-o‘zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi deb ataladi. Yurak avtomatiyasini uning muskullari orasida joylashgan maxsus nerv-muskul, tuzilmalari (tugunlari) ta’minlaydi. Yurak o‘ng bo‘lmachasining kovak venalari quyiladigan joydagi muskullar orasida Keys-Flyak nerv tugunchasi bo'lib, undagi qo'zg'alish o'ng ya chap bo'lmacha muskullari tolalariga tarqalib, ularni qo'zg'atadi va qisqartiradi. So'ngra qisqarish bo'lmacha muskullaridan o'ng bo'lmacha va o'ng qorincha o'rtasida joylashgan Ashoff-Tovar nerv tuguniga o'tadi, uning qo'zg'alishi Giss nerv tolasi va Purkine tolachalari orqali o'ng va chap qorincha muskullariga tarqalib, ularni qisqartiradi. Yurak biotoklari. Boshqa hujayra va to'qimalarda bo'lgani singari, yurak muskullarida ham biologik tok (biotok) bo'ladi. Yurak biotoki elektrokardiograf yordamida maxsus lentaga yozib olinadi va o'rganiladi. Lentaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.Yurakning har bir siklida, ya’ni bir marta qisqarib-kengayganida lentada elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo'ladi va ular quyidagi harflar bilan belgilanadi. PQRST. Elektrokardiogrammaning P tishi bo’lmachalar muskulining qo‘zg‘alishidan, qolgan QRST tishlari qorinchalar muskulining qo‘zg‘alishidan hosil boladi. Aksincha, jismoniy chiniqmagan kishilarda tishlar mayda bo'ladi.