Kimchi

Опубликовано: 17 Март 2026
на канале: Vkusno By Seva
63,752
911

HAQIQIY KOREYSCHA KIMCHI

✅ Kerakli masalliqlar:
Basey karami
Maydalangan achchiq qalampir
Oq turp
Ko'kpiyoz
Baliqli sous
Kichkina tuzlangan krevetka
Zanjabil (имбир)
Guruchli yelim (клей)
Maydalangan sarimsoq

✅ Tayyorlanishi:

1. Basey karamlarini tuzli suvga solib 8 soatga tuzlashga olib qo'yamiz
2. Hamma masalliqlarni ketma-ketlikda bitta idishga solib qo'limiz bilan, kaftlarimizni keng yoyib aralashtiramiz. Qollarimizni pastdan tepaga ohista harakatlantiramiz. Ko'kpiyozlar ezilib ketmasligi kerak. Aks holda suvi chiqib ketadi.
❣Albatta qo'lqop bilan ishlang. Qalampir bilan juda achchiq!!!
3.Hammasini aralashtirib bo'lgach karam bilan ishlashga o'tamiz.
Tuzlangan basey karamni stolga qo'yib eng pastki qavatini ochib tayyorlab olgan ziravorli massamizdan solamiz. Ikkinchi qavatni tushirib uning ustiga ham xuddi shu massadan solib keyingi qavatiga o'tamiz. Har bir qavat bilan shunday takrorlab chiqamiz.

RAMYON

✅ Kerakli masalliqlar:
1 ta Ramyon Kimchi tezpishar lapshasi
500 ml suv
1 ta tuxum

🔹 Tayyorlanishi:
Qozonchaga yoki sateynikka suvni quyib lapsha ziravorini solib qaynatib olamiz. Lapshaning o'zini ham o'rtasidan bo'lib qaynab turgan suvga solamiz. Qaynab chiqqach bitta tuxumni chaqib chayvolamiz va lapshaning ustidan quyamiz. Butun jarayonda baland olovdan foydalanamiz. Uzog'i bir daqiqadan keyin, tuxum biroz qotgach aralashtirib yuboramiz. Xohishga ko'ra ko'kpiyoz sepib issiqligida idishga quyib iste'mol qilamiz.

Yoqimli ishtaha💖



DIQQAT KONKURS

1. Koreys taomlari bilan video yarating.📹

2. Uni o'z sahifangizga quyidagi heshteglar bilan joylang
#mazalikfood#atcenter#salamkfood

3.10 000 000 so'mlik bosh yutuq yoki koreys taomlari uchun 1 000 000 so'mlik 10 ta yutuqdan birini qo'lga kiritish imkoniga ega bo'ling💸💸💸

4. Konkurs 21 oktabrdan 4 noyabrgacha davom etadi🗓

5. G'oliblar 7 noyabr kuni e'lon qilinadi📣