Islomga kirdim-u, muammolar boshlandi... | Shayx Sodiq Samarqandiy

Опубликовано: 18 Октябрь 2024
на канале: IXLOS TV
8,274
190

Savol: Men oldin johila ayol edim. Alloh qalbimni ochib, pandemiya davrida tavba qilib, o‘randim, qaytadan shahodat kalimasini aytib iymon keltirdim. Hijob o‘raganimga uch yil bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi 2 yildan buyon boshim qarzdan chiqmaydi. Atrofimdagilar, hatto tug‘ishganlarim ham mendan uzoqlashib ketishgan. So‘nggi kunlarda iymonim zaiflashib ketyapti, qarzlar va g‘amlar meni bukyapti. Qarzlarimdan qutulish uchun kredit olay desam harom, halol yashay desam qarz berganlar kun bermaydi. Islomga kirmasimdan oldin hamma narsam bor edi. Islomga kirdim-u, hamma moddiy boyliklarimni, uyimni yo‘qotib, qarzga botib qoldim. Surunkali och yurishim sababli immun tizimim zaiflashib, kasaldan boshim chikmaydi. Yoshim 36 da, 2 ta farzandim bor. Turmush qurishni istamayman. Ota-onam o‘tib ketishgan. Akalarimning men bilan ishi yo‘q, ularga og‘irim tushmasa bo‘ldi. Aslida shu sinovlardan qochib, Allohning huzuriga shoshgandim, Islomga qaytgandim. Islomda esa battar ezilyapman. Juda tushkun holatdaman. Murtad bo‘lib qolishdan qo‘rqyapman. Qalbim dunyo istab, soxta hijob kiyib yurishni, munofiq bo‘lishni istamayman. Qalbim esa dunyo istayapti. Shaytonim "Avvalgi yurishinga qayt, ro‘molingni yech, qara, hech kimga kerak emassan!» deb vasvasa qilyapti. Nafsim bilan kurashib charchayapman. Guyo ichimda 2 ta shaxs bordek. Kambag‘allik, qarzdorlik meni Allohdan chalg‘ityapti. Menga nasihat qiling iltimos. Mening haqimga duo qiling.