#shorts #Quddus #Aqso #short #Falastin
Aslida Falastin deb nomlangan yerlarda Isroil davlati qanday paydo bo‘ldi?
1947 yil noyabr oyida BMT Falastin davlatini bo‘lish qarorini qabul qiladi. Bu qaror orqali Falastin yerlarining 55% Isroilga beriladi. Biroq u yerdagi aholining yarmi falastinlik bo‘la turib qanday qilib Isroil davlati tashkil topishini BMT izohlamadi. Albatta, falastinliklar BMT ning bu qarorini rad qilishdi. Bu qaror o‘nlab yillardan beri Falastinni Isroil davlatiga aylantirmoqchi bo‘lgan sionizm harakati tomonidan qabul qilingan edi. Falastin yerlari qariyb 30 yildan beri Britaniya mustamlakasi edi. Aynan shu kunlarda Britaniya Falastinni tark etishini e’lon qildi. Sionistlar mintaqadagi eng kuchli harbiy texnikaning ularga qolishini bilishar edi. Shunday qilib, sionistlar o‘z askarlariga BMT ularga bergan yerdan ko‘proq yerlarni bosib olishni, shuningdek, u yerda yashayotgan falastinliklar sonini kamaytirish uchun nima lozim bo‘lsa qilishni buyurdilar. Ben Gurion Isroil tashkil topganini va o‘zini bosh vazir etib tayinlaganini e’lon qildi. Shunday qilib yangi Isroil davlati Falastinning 78% yerlarini egallab oldi.