Yulduz Usmonova Qol uchida qilingan savob

Опубликовано: 16 Август 2026
на канале: Sirojiddin Elmurodov
3,866
40

#PREMYERA
Soʻz: Malika Salimova & Yulduz Usmonova
Musiqa: Yulduz Usmonova

Aziz odamlarim, yaxshi odamlar,
Yurakdan chiqarmi doim kalomlar?
Goho til uchida ulashdik mehr.
Goho qo‘l uchida berdik salomlar.
Bilmay “Do‘stim”, dedik Xudo urganni.
Zimdan qulatmoqchun chog‘lar qurganni.
Goh qo‘lning uchida ko‘rsatib qo‘ydik,
Og‘ir kunimizda birga turganni.
Qo‘l uchida qilgan savoblar,
Til uchida so‘ralgan hollar,
Hohlamayin aytgan salomlar,
Qo‘l uchida ketmasin tobutlar.
Intizor etdikmi do‘stni mehrga?
Suyanib yurmadik bardosh, sabrga.
Kun kelib qo‘llarning uchida olib
Qo‘yib kelmasinlar bizni qabrga.
Andisha otini qo‘rqoq aytamiz.
Davlati borlarga poyi patakmiz.
Goho qo‘l uchida qildik ibodat,
Dunyo ishlariga joni halakmiz.
Qo‘l uchida qilgan savoblar,
Til uchida so‘ralgan hollar,
Hohlamayin aytgan salomlar,
Qo‘l uchida ketmasin tobutlar.