Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Sevikli Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ning ba'zi mo‘'jizalari:
Makka ahli Payg‘ambarimiz (alayhissalom)dan haqiqiy Payg‘ambar ekanliklariga dalil sifatida mo‘'jiza ko‘rsatishni so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) duo qilganlarida Alloh taoloning marhamati bilan oy ikkiga bo‘lindi. Ikki bo‘lakning orasida Hiro g‘ori ko‘rinib turardi (Imom Buxoriy rivoyati).
Ibn Mas'ud (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga edik, ichishga suvimiz qolmadi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bor suvni yig‘ib kelishga buyurdi. Suvlarni yig‘ib kelganimizda u zot (sollallohu alayhi va sallam) idishga quyib, qo‘llarini tiqqanlarida, barmoqlari orasidan suv chiqa boshladi”.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kasal, mayib va majruhlarni ham davolagan. Bu ham uzot (sollallohu alayhi va sallam)ning o‘zlariga xos mo‘'jizalaridir.
Mujiza talabi va aziyatlar | Payg'ambarimiz siyratlari | Abdulloh domla
#abdullohdomla#siyrat