UZCARD to‘lov tizimining O‘zbekiston moliya sektorini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi tufayli Open Banking kontseptsiyasi hozirda faol qo‘llanilib, ham moliya institutlari, ham butun mamlakat aholisiga foyda keltirmoqda.
Open Banking qaysi bank ekvayer yoki emitent ekanligidan qat’i nazar, har qanday bankning operatsiyalarini ham oflayn, ham onlayn muhitda amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
UZCARD yordamida banklar va to‘lov tashkilotlari turli banklarning kartalaridan to‘lovlarni va pul o‘tkazmalarini xavfsiz tarzda amalga oshirishlari mumkin. Ushbu yondashuvning asosiy xususiyatlaridan biri karta egalarining ma’lumotlarini ishonchli himoya qilishdir. Bu banklar va emitentlarning manfaatlariga, shuningdek, shaxsiy va karta ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik talablariga to‘liq mos keladi.