Endi Bilasiz | Agarda sen ham aqilli kishilarning safida bo'lging kelsa...

Опубликовано: 15 Сентябрь 2026
на канале: Endi Bilasiz
624
5

Qoʻnonboyev Abay (Ibrohim), Abay [1845-yil 10-avgust, Yettisuv viloyati Chingiztog' (hozirgi Abay) tumani — 1904.6.7] — qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoir. Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida tahsil olgan. Sharq mumtoz adabiyotining Firdavsiy, Saʼdiy, Navoiy, Fuzuliy singari namoyandalari asarlarini oʻrgangan. Bu shoirlarning asarlaridagi dunyoviy gʻoyalar taʼsirida xalqni maʼrifatga undovchi sheʼrlar yoza boshlagan. q. dunyoqarashining shakllanishida Sharq mumtoz shoirlari bilan birga Yettisuvga surgun qilingan rus demokratlari va ular orqali Krilov, Pushkin, Lermontov, Tolstoy asarlari bilan tanishish muhim omil boʻlgan. Uning fikricha, koʻchmanchilik sharoitida yashab kelayotgan va shu tufayli urugʻ-urugʻlarga boʻlinib ketgan qozoq xalqi mentalitetidagi ayrim qusurlarni bartaraf etmay turib, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu maqsadda maʼrifat va madaniyatni targʻib etuvchi, yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi didaktik yoʻnalishdagi asarlar yozishga katta eʼtibor bergan. U qozoq xalqini maʼrifatga, madaniyatga, insoniylikka undovchi 44 ta katta-kichik lavhalardan iborat "Naqliya soʻzlar" falsafiy hikoyasini yozgan.
#abaya #endibilasiz #iqtiboslar