FAXRIDDIN UMAROV SHODLIGIM | ФАХРИДДИН УМАРОВ ШОДЛИГИМ

Опубликовано: 04 Октябрь 2026
на канале: Broject “Broject”
80,956
274

Maʼlumot 👇
Tavallud topgan sanasi va joyi 1-sentabr 1926 (94 yosh)
Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Yo'nalishi Lirika

Kasbi Hofiz, Bastakor, Shoir

Faoliyat yillari 1949—2007

Yorliq
Oʻzbekiston Xalq Hofizi


Faxriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov (1-sentabr 1926, Qibray) — hofiz, bastakor, shoir. Oʻzbekiston xalq hofizi. Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng qofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1950—53). Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1946—61), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1961— 86)da yakkaxon xonanda. Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va ashulalar — "Ishqingda zor oʻldim" (Noqis gʻazali), "Naylaram" (Xislat), "Jamoling", "Sochining savdosi tushdi" (Bobur), "Onam derman" (Yo.Mirzo), "Qaydasan" (Mashrab), "Uzbegim" (E.Vohidov), "Ey, muhabbat" (P.Moʻmin), "Umr oʻtmoqsa" (T.Sulaymon), shuningdek, mumtoz ("Chorgoh", "Bayot" kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Munojot", "Sodirxon Ushshogʻi" va boshqalar) oʻrin olgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan.