🎬🎬🎬“Xumdon”ning “Oltin baliq”lari haqida eshitganmisiz?

Опубликовано: 16 Июль 2026
на канале: Qo'shtepa tumani hokimligi
503
13

Qo‘shtepa tumanidagi “Xumdon” mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlar talaygina. Mana shunday izlanuvchan, uddaburon yoshlardan Muzaffar va Shukrullo Ahmadjonovlar hovlisidagi hovuzlarda akvarium baliqlarini parvarishlab yaxshigina daromad topishti.

300 dona baliqdan ish boshlagan aka-ukalarning bugun o‘z biznesi hamda qo‘shimcha daromadlari bor. Ularning kasbi va ishi bo‘lsada, bo‘sh vaqtlarida tinib-tinchishmaydi. Shundan bo‘lsa kerak xonadonlaridagi suniy xovuzda besh yildan buyon dekorativ – bir-biridan chiroyli baliqlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanishmoqda.