QON GURUHLARI HAQIDA | ҚОН ГУРУҲЛАРИ ҲАҚИДА.
KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:
/ @biologuz
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ: / uzbiolog
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
#qonguruhlari #uzbiolog #biologuz #qonhaqida
Qon guruhlari - 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xdssalariga ko‘ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrositlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari bo‘lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko‘ra ikki turga bo'linadi, ya’ni agglyutinogen A va B, agglyutinin alfa va beta. Binobarin, bitta odam qonining eritrositlari va plazmasida bir xil belgili modda bo'lmasligi kerak, ya’ni agglyutinogen A - va agglyutinin alfa yoki agglyutinogen В va agglyutinin beta. Normada agglyutinogen A va agglyutinin beta yoki agglyutinogen В va agglyutinin - alfa bo'lishi mumkin. Agglyutinogen A va 5 bo'lgan qonda agglyutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglyutinin alfa va beta bo‘lgan qonda agglyutinogenlar umuman bo‘lmaydi. Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi. I guruh-eritrositlarda agglyutinogen umuman bo'lmaydi plazmada agglyutinin alfa va beta bo'ladi. II guruh-eritrositlarda agglyutinogen, plazmada agglyutinin beta bo'ladi. III guruh-eritrositlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin alfa bo‘ladi. IV guruh-eritrositlarda agglyutinogen A va В bo'lib, plazmada agglyutinin umuman bo'lmaydi. Dunyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlaming qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar aholining o'rtacha 40 % ini, II guruh-39 % ini, III guruh-15 % ini va IV guruh-6 % ini tashkil etadi. 1940-yili K. Landshteyner va Viner qonning eritrositlarida agglyutinogen A va В dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rezus omil (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85 % odamlar qonida bo'ladi va ular rezus musbat qonli odam deb ataladi, 15 % odamlarning qonida bu omil bo'lmaydi. Ular rezus manfiy qonli odam deb ataladi. Rezus musbat qon rezus manfiy qonli odamga quyilsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya ro'y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan rezus musbat qonga qarshi antitelalar (organizmda yot moddaga qarshi hosil bo'lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo'lgan oqsil zarrachalari) hosil bo'ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi.Qon guruhlari va rezus omil nasldan-naslga o'tadi. Agar erkakning qoni rezus musbat bo'lib, ayolning qoni rezus manfiy bo'lsa, bino bo'lgan homilaga-(bolaga) qon onadan о‘tsa, uning qoni rezus manfiy bo'ladi. Bunday bola sog'lom tug'iladi. Aksincha, rezus musbatqon bolaga otadan o'tsa, uning qoni ham otasinikiga o'xshab rezus musbat bo'ladi. Natijada ona va bolaning qoni bir-biriga to'g'ri kelmaganligi uchun bunday bola gemolitik kasallik bilan tug'iladi. Uning terisi va ko'zlari sariq, jigar va talog'i kattalashgan, qorni shishgan, tug'ilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoli og'ir bo'ladi. Davolash uchun bolaga qon quyib qoni almashtiriladi. Qon quyish. Og'ir shikastlanganda va ko'p qon yo'qotilganda uzoq davom etadigan og'ir kasalliklarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo'ladi. Bunda birinchi guruh qonni hamma guruhga quyish mumkin. Birinchi guruh qonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipient deb ataladi). Ikkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va to'rtinchi guruh qonli odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va to'rtinchi guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To‘rtinchi guruh qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o'zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipient deb ataladi. Bemorga qon quyish o'ta ma’suliyatli ish hisoblanadi. Agar qon guruhi noto'g'ri aniqlansa, bemor qon guruhiga to'g'ri kelmaydigan qon quyilsa, donor qonining eritrositlari bilan bemor qonining eritrositlari bir-biriga yopishib qoladi, ya’ni agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi. Bunday hodisa ro'y berganida bemorning ahvoli birdaniga og'irlashadi, rangi oqarib, lablari ko‘karadi, tanasi sovub qaltiraydi. Badanida qizil toshmalar paydo bo'ladi, nafas olishi qiyinlashadi. Agar bunda zudlik bilan yordam ko'rsatilmasa, bemor halok bo'lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi yillarda faqat bir xil guruhdagi qon quyishga o'tish tavsiya etilmoqda. Donorlik. Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sog'lom yigit va qiz, ayol va erkak donor bo'la oladi.