Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-son qaroriga muvofiq 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga ham bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qoidalarning 9-bandi yettinchi xatboshisiga koʻra, mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterda harakatlanayotgan haydovchi va yoʻlovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.