Ushbu obida XIX asr oxirida, ya’ni 1903 yilda qurilgan. Ushbu madrasani Xo‘ja Nuriddin Xoji haj safaridan so‘ng o‘zining jamg‘arma puliga qurdirgan. Madrasa qurilishini esa Ma’ruf ibn Samarqandiy boshkargan. Madrasa yon-atrofdagi qishloqlar va xususan, Jizzax yoshlariga ta’lim-tarbiya va savodxonlikni o‘rgatish maqsadida qurilgan edi. 2017 yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan atoqli va iste’dodli adiblarimiz Hamid Olimjon va Zulfiyaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Jizzax shahridagi 1903 yilda qurilgan “Xo‘ja Nuriddin” madrasasi rekonstruksiya qilinib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi tashkil etilgan.
Muzey 16 ta hujradan tashkil topgan bo‘lib, ularda Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi bilan bog‘liq ko‘plab eksponatlar qo‘yilgan.