#Surxondaryo
Prezident tashabbusi bilan Surxondaryo tajribasi sifatida to‘rtta sektorga qo‘shimcha beshinchi – “Ma’naviyat sektori” tashkil qilinmoqda.
Bugun Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida "Ma’naviyat sektori" faoliyatini tashkil etish bo‘yicha respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda hududlardagi soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, mahalla raislari ishtirok etmoqda.
Viloyat hokimligi bilan hamkorlikda hududdagi mahallalar, ta’lim muassasalari, tashkilotlarda sektor faoliyati namunali tarzda tashkil etilgan edi.
Ishtirokchilar mazkur maktab, mahallalarda bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishmoqda. Qanday qilib tashkil qilish bo‘yicha taqdimot, seminar-treninglarda qatnashmoqda.