QS reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingi (QS WUR-2025) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti mamlakatimiz OTMlari orasida birinchi bo‘lib dunyoning TOP universitetlari qatoridan joy oldi va 22.6 ball bilan TOP 547-o‘rinni egalladi. Bu natija bilan joriy yilda ushbu reytingda ilk marotaba qayd etilgan (new entrant) dunyoning 21 ta universitetlari orasida e’tirof etildi. Bu yil QS reyting agentligi tomonidan 106 davlatdan jami 5663 ta universitetlar tahlil qilinib, 1503 ta universitet dunyo universitetlari reytingiga kiritilgan.
https://tiiame.uz/oz/content/tiqxmmi-...