Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz va tadbirkorlar o'rtasida navbatdagi ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
"Artel Electronics" korxonasi rahbari Shohrux Ro'ziqulov ushbu muloqotda davlatimiz rahbariga biznesni rivojlantirish bo'yicha yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Korxona rahbari shu bilan birga, korxonaning istiqbolli kelajak rejalariga ham to'xtalib o'tib, bu orqali mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shishini ham ta'kidladi.