Mis klasteri loyihalari - "Metall Processing Technology"

Опубликовано: 11 Август 2026
на канале: Association Uzeltexsanoat
265
1

Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan "Eltech Industrial" texnoparkida (mis klasteri) loyihalarning qurilish va ishga tushish jarayonlari davom etmoqda.

Shunday loyihalardan biri - mahalliy "Metall Processing Technology" MChJ korxonasi tomonidan mis-quvur va mis-fiting mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasidir.

Qiymati $ 25 mln dollarlik ushbu loyihaning yillik quvvati 15 ming tonnani tashkil etadi.

Loyiha doirasida 300 dan ortiq yangi ishchi o'rinlari yaratiladi va korxonaning eksport salohiyati oshiriladi.

E'tiboringizga ushbu loyiha haqida tayyorlangan videoreportajni taqdim etamiz.