G'azo qirg'ining 300-kuni yoxud G'azoda 300 kun || Saxovatli Qo'llar

Опубликовано: 13 Июль 2026
на канале: Saxovatli Qo'llar
2,279
235

Falastinning G'azo sektorida 7-oktyabrda boshlangan vahshatomuz qatliomlar kun-sayin shiddatli holda davom etmoqda. Ushbu boshlangan qatliomlar natijasida minglab bolalar yetim qolib, minglab onalar farzandidan judo bo'ldi. Va yuz minglab yaradorlaru - qurbonlar. Alloh taolo bu musibatlarni G'azo ahliga rahmat qilib bitsin.

Saxovatli Qo'llar xayriya tashkiloti o'laroq, 4000$ reja qilib chiqqanimiz ushbu G'azo safari yo'limizda, Allohning fazli-marhamati bilan va sizlarning saxovatu-karamingiz bilan shu kungacha G'azo ahliga 620 000$ lik turli xil ko'rinishda yordamlar ko'rsatildi. Alloh taolo barcha xayr egalaridan rozi bo'lsin!

G'azo sektorida faoliyatlarimiz davom etmoqda. Siz ham ushbu loyihalarga qurbingiz yetgan narsa bilan hissa qo'shing!

Bizlarning xayrli loyihalarimizda qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lsangiz, biz bilan aloqa qiling; https://t.me/saxovatli

Agarda moddiy yordam berishlikka qurbingiz yetmasa, bizlarning faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!

Yaxshilikka dalolat qilishlik – yaxshilikning (yordamning) bir turidir!