Suriyada 13 yildan beri davom etayotgan urushlar sabab, millionlagan oilalar o’z uy-joylaridan ayrilib, turli xil qiyinchiliklar va chodirlar ostida qochqinlik hayotini boshlaridan o’tkazishmoqdalar. Hozirda Suriyaning shimolida 1300 ta boshpana markazlari bo’lib, 1250000 aholi bu chodirlarda jon saqlashga majbur bo’lishmoqda. Imkoniyatlarning cheklanganligi sabab chodir markazlarida to’laligicha imkoniyatlar yaratilmagan. Ushbu qiyinchiliklar sabab gigienik qoidalariga to’laligicha amal qilishlik juda ham qiyin. Bu qiyinchiliklardan va gigiena asosiy qoidalaridan bu – SUV. Suv hayot manbai.
Hozirda G’azo sektorida va Suriyadagi hamda dunyoning boshqa nochor o’lkalaridagi SUVning tanqisligi sabab turli xil surunkali kasalliklar yuzaga kelib millionlagan insonlar aziyat chekishmoqda…
Bu kasalliklarni va qiyinchiliklarni bir oz bo’lsada bartaraf qilishlik uchun dunyoning turli xil o’lkalarida «Suv ulashish loyihasi» asosida quduqlar qazib, yoki SUV tankerlarida aholilarga toza ichimlik suvlarini ulashmoqdamiz. Alloh taolo barcha xayr egalaridan qabul qilsin va rozi bo’lsin.
Bizlarning xayrli loyihalarimizda qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lsangiz, biz bilan aloqa qiling; https://t.me/saxovatli
Agarda moddiy yordam berishlikka qurbingiz yetmasa, bizlarning faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!
Yaxshilikka dalolat qilishlik – yaxshilikning (yordamning) bir turidir!