300 kundan beri davom etayotgan urushlar oqibatida G’azo sektorida ko’plagan nonvoyxonalar ishdan chiqarildi. Mintaqada yoqilg’i qimmatligi sabab ham ko’plagan nonvoyxonalar xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida. (Eslatib o’tamiz, arab o’lkalaridagi nonvoyxonalarning tandiri solyarka yoqilg’isi bilan ishlaydi.)
Shuncha qiyinchiliklarga qaramasdan G’azo sektorida hayot davom etmoqda. 🌱🌿 Alloh taolo og’irlarini yengil qilsin, O’zi yordam bersin! 🤲
Rosululloh ﷺ aytdilar: "Garchi yarimta xurmo bilan (sadaqa qilib) bo‘lsada do‘zaxdan saqlaninglar. Agar topa olmasangiz garchi shirin so‘z bilan (sadaqa qilib) bo‘lsada (do‘zaxdan saqlaninglar").
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)
Hozirda bu holatlarda G’azo ahlining asosiy ehtiyojlari, suv, taom va boshpana bo’lib, sizlarning yordamlaringizni imkoniyatdan kelib chiqib, shu 3 yo’nalishda ulashmoqdamiz. Bulardan eng avvalo G’azo ahli uchun tinchlik kerak!
•••┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄•••
Bizlarning xayrli loyihalarimizda qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lsangiz, biz bilan aloqa qiling; https://t.me/saxovatli
Agarda moddiy yordam berishlikka qurbingiz yetmasa, bizlarning faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!
Yaxshilikka dalolat qilishlik – yaxshilikning (yordamning) bir turidir!