Yaroqsiz chodirlarni yangilash loyihasi |

Опубликовано: 17 Июль 2026
на канале: Saxovatli Qo'llar
1,642
208

Suriyada uzoq yillardan beri davom etayotgan urushlar oqibatida, million-million insonlar uy-joylaridan ayrilib, qochqin bo'lishga majbur bo'ldilar. Ushbu millionlagan aholilarning bir qismi hozirda Suriyaning shimolida turli xil qiyinchiliklar ostida chodirlarda va vaqtinchalik boshpana markazlarida jon saqlab kelishmoqda.

Chodirlardan uzoq yillardan beri foydalanilayotgan sabab, ko'plab chodirlar issiq-sovuq ob havo natijasida chirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Mintaqada ishsizlik va iqtisodiy inqiroz bo'lganligi sabab ko'pchilikda imkoniyati bo'lmaganidan yaroqsiz holatdagi chodirlarni yangilashga imkoniyatlari yo'q. Vaholanki o'rtacha sifatliroq chodirlarning qiymati 100$-200$ miqdorida...

Saxovatli Qo'llar xayriya fondi o'laroq, yaroqsiz chodir ostida 5 yildan beri 5 nafar farzandi bilan jon saqlab kelayotgan birodarimizning chodirini yangilab, bir oz qulayroq sharoit yaratib berishlikka harakat qildik. Alloh taolo barcha xayr egalarida qabul qilsin va rozi bo'lsin...

Alloh taolo G'azodagi va Suriyadagi qochqinlikda bo'lgan va boshpanasiz bo'lgan aka-ukalarimizning va opa-singillarimizning Yordamchisi bo'lsin.

Bizlarning xayrli loyihalarimizda qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lsangiz, biz bilan aloqa qiling; https://t.me/saxovatli

Agarda moddiy yordam berishlikka qurbingiz yetmasa, bizlarning faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!

Yaxshilikka dalolat qilishlik – yaxshilikning (yordamning) bir turidir!