JANUBIY KOREYA | #HAMKORLIK
Bugun Alfraganus universitetiga Janubiy Koreyaning Namseoul universiteti Fizioterapiya kafedrasi dekani, Xalqaro aloqalar va tashqi hamkorlik professori Sang Bin Lee, Umumiy ta'lim kolleji, Global koreys tadqiqot bo'limi yordamchi professori Han Yun Jung hamda Sahobiddinova Luiza Zokirovna tashrif buyurdi.
Shuningdek, bugun Alfraganus universitetida Koreya madaniyat va koreys tili ta'lim va Koreyada o'qish va ishga joylashish markazlari ochildi.
Alfraganus universiteti hamda Namseoul universiteti o’rtasida ilmiy va ta'lim sohasiga oid qo'shma loyihalar hamkorligi, talabalar almashinuvi bo’yicha qator rejalar belgilandi.
Tashrif davomida mehmonlarimizga Alfraganus universiteti talabalari tomonidan zamonaviy, qadimgi koreys, o‘zbek raqslari namoyish etildi.
Qabul boti: @AfuQabulBot
+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter