TALABALAR TURAR JOYINING OCHILISHI
Alfraganus universiteti talabalar turar joyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Yotoqxonamiz haqida qisqacha:
— Talabalarimiz uchun hozirlangan ushbu yotoqxona barcha kerakli va zarur sharoitlarga ega. Jumladan, har bitta xona alohida sovitish tizimiga ulangan. (Konditsioner mavjud) Barcha xonalar TV, WI-FI bilan taʼminlangan. Sanuzel har bir xona uchun alohida. Yotoqlarning oqliklari har haftada almashtirib beriladi.
— Talabalar turar joyining xavfsizligi to‘liq taʼminlangan. Eshikdan kirishda turniketlar bor va qo‘riqlash xizmati 24 soat ishlaydi. Ota-onalar farzandlaridan xavotir olmasligi uchun farzandlarining qachon kirib, qachon chiqib ketayotgani haqida sms orqali xabar berib boriladi. Har bir qavatdagi yo‘laklarda kuzatuv kameralari o’rnatilgan.
— Eng quvonarlisi, sport zallari, kutubxona, oshxona mavjud bo‘lib, barcha zamonaviy sharoitlarga ega.
— Muzlatgichlar, pechlar, kirmashinalarning so‘ngi avlodi bilan taʼminlangan. Kir yuvish, quritish va dazmol qilish xonalari alohida.
O‘rningizni band qiling: (77) 444 48 39 (99) 484 00 80
Qabul boti: @AfuQabulBot
+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter