MALAYZIYA | #HAMKORLIK
Bugun Alfraganus universitetiga Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
O’zaro manfaatli hamkorlik va universitetga chet-el innovatsiyalarini tadbiq etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida maxsus mobillik dasturlarini joriy qilish, ikki tomonlama ilmiy va pedagogik tadqiqotlarini yo’lga qo’yish, hamkorlik doriasida qo’shma ta’lim dasturlarini joriy qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning oktabr oyida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik shartnomasi imzolanishi rejalashtirib olindi.
Qabul boti: @AfuQabulBot
+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter