"Gul parvarishida mehr ham berish kerak!"

Опубликовано: 15 Май 2026
на канале: Paxtachi tumani / Пахтачи тумани
1,130
14

"Gul parvarishida mehr ham berish kerak!"

Paxtachi tumani Hunarmad mahallasida istiqomat qiluvchi Zebo Otaqulova o’z xonadonida 4 sotix issiqxonasida xonadon gullarini parvarish qilib kelmoqda.
Tikuvchilik kasbi bilan birga bolaligimdan gulga mehr quygan Zebo Otaqulova xonadonidagi pamidor, bodring yetishtiruvchi issiqxonadan tashqari qo’shimcha 4 sotixli issiqxona tashkil etib, olti yildan beri gulchilik bilan shug’ullanib kelmoqda.
Issiqxonada 80 dan ortiq turli bebaho gullar parvarishlab, mahalliy bozorlarga chiqarmoqda. Birgina “Arab atirguli”ni 8 xil rangi yetishtirmoqda.

“Gul savdosidan keladigan qo’simcha daromadga uylarimizni ta’mirlab, mashinalar oldik. Gulga qiziquvchilar uchun telegram guruh ochib, o’z maslahatlarimni berib kelmoqdaman.Gul parvarishida gulga mehr ham berish kerak” – dedi Zebo Otaqulova.