Tadbirkor mahallasi - "Tashabbusli byudjet" qiroli

Опубликовано: 12 Сентябрь 2026
на канале: Paxtachi tumani / Пахтачи тумани
1,256
25

Tadbirkor mahallasi - "Tashabbusli byudjet" qiroli

Paxtachi tumanida shunday mahalla borki, unda istiqomat qiluvchi aholi mahallasi obodligi, o'zlariga munosib turmush sharoiti yaratishda davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdi.
Davlatimiz tomonidan "Tashabbusli byudjet" loyihasi joriy qilingani beri muntazam ishtirok etib kelayotgan mahalla Paxtachi tumani "Tadbirkor" mahallasi aholisidir. Ushbu mahallaning jami 10 ta loyihasi g'olib deb topildi. Mazkur g'olib loyihalar tufayli mahallaning 5 kilometrdan ortiq yo'li asfalt bo'ldi. Elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida 3 ta transformator o'rnatildi. Bir kilometr-u sakkiz yuz metr piyodalar yo'lagi yotqizildi. Tungi yoritish chiroqlari o'rnatilib, bolalar oyingohi barpo etildi.
Bularning barchasida mahallaning tashabbuskorlari, liderlarining hissasi beqiyosdir.