Uy sharoitida mador somsa😎

Опубликовано: 31 Март 2026
на канале: ANTIQA TAOMLAR
4,248
40

#repost ‪@Antiqataomlar‬

Uy sharoitida mador somsa😎

✅Kerakli masalliqlar:

Xamiri uchun:
500ml sut
1osh qoshiq tuz
600-700gr un

Nachinkasi uchun:

2ta piyoz
1bog' ukrop
1bog' kinza
2bog' ismaloq
1bog' jag'-jag'
1bog' ko'k piyoz

🔷️Tayyorlanishi:

Iligan sutimizga tuz qo'shib, azgina azginadan un solib, yaxshilab xamir qoramiz.
❣Xamir qorishdagi bitta qoida qo'lizni yaxshilab ochib, yaxshilab ezib unini yedirib tashlashingiz kerak❣
Xamirimiz tayyor bo'lgandan keyin yaxshilab mushtlab ishlov berishimiz kerak. 5-6marta tindirib, ishlov berishimiz kerak.
Nachinkasi uchun piyozlarimizani ingichka parre-parre qilib, to'g'rab olamiz.
Xohishga ko'ra xohlagan tur ko'katlardan foydalanishingiz mumkin.
Man ismaloq, ukrop, kinza, ko'k piyoz va jag'-jag'dan foydalandim.
Tovamizga yarim cho'michdan kamroq yog' solib, qizigandan keyin piyozimizni 2minut qovurib olamiz va 2minut o'lgandan keyin ta'bga ko'ra va murch solib, aralashtirib, ko'katlarimizni solib gazimizmi tegini o'chiramiz.
Xamirimiz tingandan keyin xohishga ko'ra kichkina zuvalachalarga bo'lib olamiz. Xamir qancha ko'p tingan bo'lsa, xamir yoyishiz osonroq bo'ladi.
Xohishga ko'ra dumaloq qilib o'rtacha ingichkalikda yoyib, nachinka solib, videoda ko'rsatilgandek tugib olamiz.
Qizib turgan tovamizga azginadan saryog' surib, qizigandan keyin pas olovda qizarguncha 4-5minut qovurib olamiz. Ustigayam saryog' surib qatiqlar bilan dasturxonga tortamiz.

Mazasiga gap bo'lishi mumkinmas🤤

Yoqimli ishtaha💖