Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari
o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi. Bu yo‘l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan va «Buyuk meridianal yo‘l» deb atalgan. Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yilda nemis geografi
F. Rixtgofen tomonidan berilgan.