Apennin yarimorolida iqlim iliq bo‘lib, yil bo‘yi o‘rtacha yomg‘ir yog‘ardi. Yarimorolni to‘liq egallagan Italiya zaminida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo‘l-ko‘lligi va tuproq unum dorligi tufayli ko‘p asrlar davomida qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg‘uloti
dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan.