Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida ko‘chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig‘i barcha yuechji mulklarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi.