Т Жайнаков

Опубликовано: 16 Июль 2026
на канале: Sirdaryosirdaryo Sirdaryosirdaryo
49
4

#Inson_qadri

“Ishlayman, mehnat qilaman”

Topchiboy Jaynakov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida istiqomat qiladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan qator davlat idoralari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida Sardoba tumani soliq inspeksiyasiga ishga joylashtirilgan.

Joriy yilning iyul oyida ish boshlagan T.Jaynakovning hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, ijtimoiy hayotga moslashishi oson kechmoqda. Uning ish joyidagi muvaffaqiyati kundalik turmushini yorqinlashtiribgina qolmay, atrofidagi insonlar, oila aʼzolariga ham ijobiy taʼsir ko‘rsata boshladi.

Bundan tashqari, uning ish bilan taʼminlanishi nafaqat moliyaviy mustaqillikka erishishiga, balki o‘z-o‘zini rivojlantirish va jamiyat bilan bog‘lanish imkoniyatini ham bermoqda.