#barqarorlik_reytingi
Yuqori toifaga chiqish imtiyoz olish imkoniyatini oshiradi
“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” bu – elektron tizim bo‘lib, u Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda reyting ko'rsatkichlarini oshirish yuzasidan tadbirkorlarning bevosita faoliyat manziliga borgan holda huquqiy tushuntirish olib borilib, yordam ko'rsatilmoqda. Xususan, Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan "Typloff", "Diyorbek-tuhfasi", "Sirdaryo motor servis" mas'uliyati cheklangan jamiyatlari reytingda quyi va o'rta toifada ekanligi hamda qanday yuqori toifaga chiqish va imtiyozlardan foydalanish yuzasidan soliqchi-ko'makchi tamoyili asosida yordam ko'rsatildi.
Eslatib o'tamiz, reytingi «AAA» toifadagi tadbirkor faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.