#4_sektor
#Mahallabay
Aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida qo'llab-quvvatlash
Guliston tumanida kambag‘allik muammosini hal etishda aholining ehtiyojmand qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo'lga qo'yildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatda turgan har bir fuqaro bilan alohida ishlab kelinmoqda. Tumanning "Mustaqillik" mahallasida tanlab olingan xonadonlar viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Ulug’bek Xatamov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan to’liq o’rganilib, xatlov amalga oshirildi.
Ayni kunda tanlab olingan xonadonlarda aniq reja asosida amaliy harakatlar yuritilishi o’zining jobiy natijasini ko’rsata boshladi. Bunda, aholini doimiy ishga joylashtirish, mahallada yangi ish o'rinlarini tashkil etish, davolanish uchun tibbiy ko’rik tashkil etish, kredit mablag'larini maqsadli yo'naltirish va subsidiya ajratish evaziga aholini daromadlari oshirilishi ko'zda tutilgan.