#mahallabay
#Soliqchi_koʻmakchi
Soliq inspektori faoliyati
Mahalla soliq inspektorining asosiy vazifasi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashishdan iborat.
Boyovut tumanidagi 39 ta mahallaga 15 nafar soliq inspektori biriktirilgan bo‘lib, sentabr oyi yakuniga ko‘ra tumanning «Mirishkor», «U.Yusupov» va «Yangiobod» mahallalarida soliq inspektori Islombek Qo'ldoshev viloyatda eng yuqori natijani qayd etdi va Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
I.Qo'ldoshev sentabr oyini o‘zida 3 ta ishlamay turgan tadbirkorning faoliyatini tiklashda, 5 ta tadbirkorlik subektlarida 20 dan ortiq norasmiy ishlab kelayotgan aholining faoliyati legallashtirilishida samarali ish olib bordi. Noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va o‘zini-o‘zi band qilish natijasida budjetga qo‘shimcha manba aniqladi.