Qorbobo va Archa

Опубликовано: 17 Июль 2026
на канале: Gulugulu
9,535
61

Chiroyli bezatilgan, doimo yashil, atrofida sovg'ari bo'lmish sevimli daraxtimiz qachondan yangi yil timsoliga aylangan? Nima uchun u va uzun oq soqolli Qor bobo qishgi asosiy bayramning timsoli hisoblanadi? Bugungi videomiz mana shular haqida.

Ignabargli archa va uning oilasiga mansub barcha daraxtlarni yer sharining ko’plab nuqtalarida uchratish mumkin. Hali Xristian dinigacha bo'lgan davrlarda, doimo yashil turgan daraxtlar ayniqsa qish mavsumida ramziy ahamiyatga ega bo’lgan. Archa va Qarag'ay novdalari deraza va eshiklar ustida bezak sifatida ishlatilib, balo qazodan, jodugarlardan va kasalliklardan himoya qiladi deb ishonishgan.
Archani, Xristianlar Rojdestvo, ya'ni Iso Payg'ambarning Muborak tug’ilishi bayramiga atab bezashni boshlashgan. G'arbdagi yozuvchilarning fikricha, birinchi bo'lib bu odatni, Isoning izdoshi Avliyo Bonifatsiy, 8-asrning o'rtalarida kiritadi. Bu urf keyinchalik sharqiy yevropada nemis protestantlari tomonidan ommaviylashtirilib, ular tomondan bezatilgan archalar bayram arafasida xonadonlarga olib kirilgan. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab, barcha Boltiq bo'yi davlatlari va Germaniyaning ayrim yuqori qatlam aholisi ichida archani bezatish odati ommaviylashishni boshlaydi. Shunday bo'lsada, katoliklarning ilohiy markazi bo'lmish Vatikan, birinchi marotaba archani faqatgina 1982-yilda o'rnatadi. Sobiq ittifoq davrida esa, archa bezatish din ta'qiqlanganligi boiz, yangi yil timsoliga aylangan.

Yangi yil bayramining eng asosiy qahramoni esa bu Qorbobodir. Aslida, afsonaviy qahramon, Xristianlarning Rojdestvo bayrami timsoli bo'lmish Santa Klaus yoki avliyo Nikolayning ertak va hikoyalardagi vatani Laplandiya hisoblanadi.
Aytishlaricha, avliyo Nikolay katta yurakli saxiy inson bo’lib, kambag’allarga har doim yordam bergan.
U haqida hikoyalar juda ko’p. Ulardan eng mashhuri: bir kambag'al bevaning uch qizi bo'lib, ularni turmushga berish uchun, bitta qizini sotib yuborishga majbur bo’ladi. G'arbliklar afsonasiga ko'ra, Avliyo Nikolay unga to’la hamyonda pul sovg’a qilib, qizlarni qutqarib qoladi.
Uning vafotidan so’ng esa, Odamlar avliyo Nikolay nomidan bir birlariga sovg’a ulashishni davom etishadi va bu odat butun dunyoga tarqalib, biz bilgan Santa Klaus yoki qorbobo obrazi paydo bo’ladi.
Ko’pchilik, Santa shimoliy qutbda yashaydi, chana va bug’ularda uchadi deb hisoblashadi.
Har xil karikaturachi va yozuvchilarning yordami bilan, Santaning obrazi turlicha o'zgarib, u nisbatan semizgina, oq soqoli, bolajonlarning yaxshi-yomon harakatlarini yozib boradigan bobo obrazidagi qahramonga aylangan.
Qorboboning hozirazamon qizil paltoli ko'rinishi, televideniya orqali Coca Cola reklamalarida dunyoga tanilgan.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, agar Santa Klaus tirik va mavjud bo’lganda, u 1750 yoshda bo’lar edi.

Qorboboga xat yozish ananasichi, qayerdan kelib chiqqan deb o’ylayapsizmi? Bu esa umuman boshqa mavzu.

-----------------------------------------------
E-mail: [email protected]
Instagram - www.instagram.com/gulugulu.tv
Facebook - www.facebook.com/tv.GuluGulu
Telegram - www.t.me/Gulugulu
-----------------------------------------------

Video materialdan muallif ruxsatisiz foydalanish qonun bilan taqiqlanadi va foydalangan inson jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mualliflik huquqini o‘zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliy huquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat ko‘rsatadi.

#Qorbobo #Archa #BilibOlganYaxshi