YaIM - Yalpi Ichki Mahsulot

Опубликовано: 05 Март 2026
на канале: Gulugulu
14,483
385

00:00 Gazeta_uz xabar berishicha O‘zbekistonda YaIM hajmi oshgan
00:27 YaIM - Yalpi Ichki Mahsulot
01:14 Yakuniy mahsulot nima degani?
02:04 Asosiy vosita mahsulotlari
02:45 Faqatgina yangi mahsulotlarning qiymati YaIMga qo'shiladi
02:57 YaIM faqatgina davlat hududida ishlab chiqarilgan mahsulotni o’z ichiga oladi
03:20 YaMM - Yalpi Milliy Mahsulot?

-----------------------------------------------
Qiziqarli videolar:
Raqamlar tarixi - https://bit.ly/3fjEanX
Korrupsiya haqida - https://bit.ly/3dZvJi0
Plastik Karta - https://bit.ly/3gQJgKC
Inflyatsiya - https://bit.ly/3aLwWaG
Sayohat - https://bit.ly/3nu8wYk
-----------------------------------------------

Gazeta_uz xabar berishicha 2020-yilda O‘zbekiston YaIMining hajmi, 2019-yilga nisbatan 1,6 foizga oshgan. Lekin bu ko’rsatgich oddiy inson uchun nimani anglatadi? YaIMning o’zi nima? Bugungi videomiz shu haqda bo’ladi.

Yalpi ichki mahsulot bu - yil mobaynida, bir davlat hududida barcha ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlarning bozordagi qiymati.
Qiyn izoh. Shunday emasmi? Keling buni soddalashtiramiz.
O’zbekiston iqtisodiyotini katta bir supermarket deb tasavvur qiling, Makroga yoki Korzinkaga o’xshagan. Ahamiyati yo’q. Bu supermarketda, dazmoldan tortib to sutgacha bo’lgan tovarlar va kiyim tozalashdan tortib to gacha bo’lgan turli xizmatlar sotiladi. Har safar xizmat yoki tovar sotilgandan so’ng, uning narxi kassada hisoblab boriladi va yil oxirida umumiy qiymat chiqariladi. Shu umumiy qiymat – YaIM degani.
Agar esingizda bo’lsa, izoh berayotgan paytimizda, YaIM bu barcha “xizmatlar va ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulotlarning bozordagi qiymati” degan edik.
Iste’molga taqdim etilgandan so’ng, yana qaytib boshqa mahsulotning tarkibiy qismi sifatida sotilmaydigan mahsulotga yakuniy mahsulot deyiladi.
Misol uchun: Agar oshpaz tuxum, saryog’ va un kabi mahsulotlar sotib olsa, biz uni YaIM tarkibiga qo’sha olmaymiz. Chunki, keyinchalik, bulardan sotish uchun yakuniy mahsulot, tort pishirilishi mumkin. Lekin, xuddi shu mahsulotlarni xonadonimiz uchun xarid qilsak, ular yakuniy hisoblanadi. Chunki, o’zimiz uyda bu mahsulotlardan foydalanib tort pishirsak ham, ular qayta sotilmaydi, balkim o’zimiz iste’mol qilamiz.
Yana shunday mahsulotlar borki, ular asosiy vosita mahsulotlari deb ataladi. Ulardan boshqa tovarlar ishlab chiqarishda vosita sifatida foydalaniladi. Misol uchun traktor. Traktordan yerga ishlov berish va yangi mahsulotlar yetishtirish uchun foydalanamiz. Lekin, un va shakar tortning tarkibiy qismi bo’lgani kabi, traktor yetishtiradigan mahsulotlarining tarkibiy qismiga kirmaydi. Shunday ekan, asosiy vosita mahsulotlari ham yakuniy mahsulot hisoblanib, YaIM tarkibiga kiradi.
Yana bir urg’u berish kerak bo’lgan jihat: YaIM faqatgina yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovarlarni hisobga oladi. Bu degani, agar eski uy sotilsa uning qiymati YaIMga qo’shilmaydi. Faqatgina shu yilda yangi qurilgan uylarningina qiymati YaIMda hisoblanadi.

YaIM faqatgina davlat hududida ishlab chiqarilgan mahsulotni o’z ichiga oladi. Agar Xitoydan O’zbekistonga import qilingan telefonni sotib olsangiz, bu Xitoyning YaIMiga qo’shiladi. O’z navbatida, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mashina boshqa davlatga eksport qilinadigan bo’lsa, bu O’zbekistonning YaIMida hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda YaMM tushunchasi ham bor. Uning YaIMdan farqi nimada va ularning hajmi ortgani bilan, bizning turmush tarzimiz yaxshilanib qoladimi deb o’ylab qoldingizmi? Bu esa umuman boshqa mavzu.

-----------------------------------------------
E-mail: [email protected]
Instagram - www.instagram.com/gulugulu.tv
Facebook - www.facebook.com/tv.GuluGulu
Telegram - www.t.me/Gulugulu
-----------------------------------------------

Video materialdan muallif ruxsatisiz foydalanish qonun bilan taqiqlanadi va foydalangan inson jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mualliflik huquqini o‘zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliy huquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat ko‘rsatadi.

#Bozor #YaIM #Qiymat