Shaxmat haqida

Опубликовано: 16 Июль 2026
на канале: Gulugulu
27,683
403

Strategik firklashga undovchi, bosh miyaning ikkala qismini birgalikda rivojnatiruvchi, kattay-u kichikni bir xilda qiziqtiradigan shaxmat o’yinining foydasi nimada? Ushbu videomiz shu haqda.

Shaxmatning ilk ko'rinishi "Chaturanga", bundan hali 1500 yil oldin Hindistonda paydo bo'lgan. U shohlar va qo'mondonlar tomonidan o'ynalgan. Lekin, o’yinning to'liq ko'rinishi va qoidalari bizgacha yetib kelmagan. Bizga tanish Mahobhoratada ta'kidlanishicha, qadimgi sanskrit tilidan “Chaturanga” - "4ta qo'l" deb tarjima qilinadi. Taxta ustida to’rt xil figuraning to'qnashuvi deb ham tushunsa bo’ladi.
Keyinchalik, shaxmat, Sosoniylar hukmronligidagi qadimgi Eronda "shatranj" nomi bilan mashhur bo'ladi.
Hind o'yini 8x8 xonadan iborat doska va 4 xil figuraldan tashkil topgan bo’lsa (fil, ot, piyoda va aravar), eronliklar figuralar sonini 16 taga oshirishadi. Bular: 8ta piyoda, 2ta fil, 2ta ruh, 2ta ot, vazir va qirol.
Hozirgi ko'rinishiga yaqin bu o’yin, islom madaniyati orqali Janubiy Yevropaga olib kelinadi. Yevropaliklar o’yinni uning asosiy figurasi nomi bilan ya'ni "shox" yoki "shox - mot" fors - tojik tilidan "shox o’ldi" deb atashni boshlashadi.
Bu qiziqarli o’yin buyuk ipak yo'li orqali tez ommaviylashadi. Natijada, asosan davlat boshqaruvida bo'lgan insonlar bu o’yin bilan qiziqib qolib, uni boshqa xil turlarini ixtiro qiladilar.
Ulardan biri, bu - Amir Temur. Amir Temur o’zining "Shatranj al - Kabir" yoki "katta Shatranj" o'yinini ixtiro qiladi. U, o'yin doskasini 112 ta xonaga taqsimlaydi va yangi figuralar ham joriy qiladi.
Vaqt o’tishi bilan, qoidalar, figuralarning nomi va yurish uslubi ham anchagina o'zgaradi. Misol uchun, 15-asrning oxiriga kelib, g'arbiy yevropada ferz yoki vazir, avvalari faqat bir yoki ikki xonaga diagonal yurishi mumkin bo'lgan bo'lsa, endi qirolicha deb atalib, bemalol, istalgan uzunlikda to'g'riga, yon tomonga, diagonal yurishi mumkin bo'ladi.
Keyinchalik bu o’yinni "qirolicha shaxmati" yoki "telba qirolicha" deb ham atashgan.
Vaqt o’tishi bilan, shaxmat, yevropa yozuvchilari va olimlarini qiziqtirishni boshlaydi. Ular o'z navbatida izohalari va strategiyalari yozilgan shaxmat borasidagi kitoblar chop etib, bu o’yinni ommaviylashtiradilar.
19-asrga kelib, shaxmat, Jang maydonida shohni himoya qilish, raqib tomonni mot qilish kabi dramatik ifodalarini yo’qotadi va qat’iy strategik qoidalarga ega musoboqaga aylanadi.
20-asr so’ngiga kelib, dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Kasparov va IBM kompyuteri “Deep Blue” o’rtasida shaxmat musoboqasi tashkil etiladi. Bu musoboqa, insoniyat o’zi yaratgan texnologiyaga mag’lub bo’lgani timsoli sifatida tarixda qolgan.

-----------------------------------------------
E-mail: [email protected]
Instagram - www.instagram.com/gulugulu.tv
Facebook - www.facebook.com/tv.GuluGulu
Telegram - www.t.me/Gulugulu
-----------------------------------------------

Video materialdan muallif ruxsatisiz foydalanish qonun bilan taqiqlanadi va foydalangan inson jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mualliflik huquqini o‘zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliy huquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat ko‘rsatadi.

#Shaxmat #ShaxmatHaqida #BilibOlganYaxshi