0 raqamining tarixi

Опубликовано: 06 Июнь 2026
на канале: Gulugulu
9,048
103

00:00 Nol sonining tarixi haqida
00:20 Mesopotamiya
00:37 Hindiston - Brahmagupta
01:00 Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
01:33 Yevropa va butun dunyo

-----------------------------------------------

Qiziqarli videolar:
Raqamlar tarixi - https://bit.ly/3fjEanX
Korrupsiya haqida - https://bit.ly/3dZvJi0
Plastik Karta - https://bit.ly/3gQJgKC
Inflyatsiya - https://bit.ly/3aLwWaG
Sayohat - https://bit.ly/3nu8wYk

-----------------------------------------------

Oldingi videolarimizdan birida raqamlar tarixiga nazar solgan edik. Bugungi mavzumiz esa alohida ahamiyatga ega bo’lgan 0 sonining tarixi haqida bo’ladi.

Olimlarning aytishlaricha, bundan 4000 yil oldin, Shumerlar yo’qlikni bildirish uchun, raqamlar orasida shunchaki bo’sh joy qoldirib ketishgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, nolning ilk konsepsiyasi shu yerda, ya’ni Mesopotamiyada dunyoga kelgan.
Nolning ahamiyatini VII asrga kelib Hindistonlik matematik Brahmagupta anglab yetadi. Brahmagupta sharofati bilan, Hindistonliklar 10 lik sanoq tizimiga ega bo’ladilar. Qolaversa, biror bir miqdordan o'ziga teng miqdorni ayirganda qoladigan bo’shliqning endi nomi paydo bo’ladi. Sunya – yo’qlik yoki bo’shliq degani. Keyinchalik, nol soni Hindistondan O'rta Sharq va Markaziy Osiyoga yetib boradi. Bu yerda uni sifr deb atashadi.
Milodiy IX asrda, matematik Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, biror bir miqdordan o'ziga teng miqdorni ayirganda nega nol qolishini tushuntirib berdi va algebraik tenglamalarda noldan qanday foydalanish mumkinligini ko’rsatdi. Bu kashfiyot natijasida, nol, arabcha raqamlar tizimidan ham joy olib, bugungi kunda barcha foydalanadigan ovalga o'xshash shaklga kirdi.
XII asrda Yevropaga yetib brogan nol, keyinchalik Fibonachchi, Rene Dekart, Isaak Nyuton va Leybnits kabi olimlarning hisob-kitoblarida o’z o’rnini mustahkamlaydi.
O'shandan beri "yo’qlik" tushunchasi fizikadan tortib, iqtisodiyot va muhandislikgacha bo'lgan sohalarda o’z ahamiyatiga ega.

-----------------------------------------------
E-mail: [email protected]
Instagram - www.instagram.com/gulugulu.tv
Facebook - www.facebook.com/tv.GuluGulu
Telegram - www.t.me/Gulugulu
-----------------------------------------------

Video materialdan muallif ruxsatisiz foydalanish qonun bilan taqiqlanadi va foydalangan inson jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mualliflik huquqini o‘zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliy huquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat ko‘rsatadi.

#BilibOlganYaxshi #Nol #Raqam