Navro'z bayrami haqida

Опубликовано: 14 Июль 2026
на канале: Gulugulu
49,054
152

00:00 Bu safargi mavzumiz Navro'z haqida
00:25 Navro'z bayramining kelib chiqish tarixi
01:05 Jamshidi Navro'z - Shoh Jamshid afsonasi
01:38 Navro'z va Islom dini
02:14 21-mart sanasi haqida
02:22 Beruniy, musulmonlar nega Navro'zni nishonlashlari haqida
02:43 Navro'z bilan bog'liq urf-odatlar

Oldingi videolarmizning birida yangi yil va yilning boshlanish tarixi haqida gapirib o’tgan edik. Lekin xalqimiz, qadim davrlardan buyon 21-mart Navro’z ayyomini ham, yil boshi sifatida nishonlanib keladi. Tushunib turganingizdek, bugungi mavzumiz Navro’z bayrami haqida bo’ladi.

Fors-tojik tilidan "yangi kun" deb tarjima qilinadigan Navro’z, har xil xalqlar tomonidan turlicha talaffuzda etilida. Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Ozarbayjon, Kavkaz orti, Eron, Turkiya, Pokiston va Hindistonning ayrim joylarida bu tarixiy bayramning nishonlanish sababi - Zardushtiylik dinining bu hududlarda keng tarqalganligi bo'lgan.
Zardushtiylikning ilohiy kitobi bo'lmish Avestoda ta'kidlanishicha, bayram nishonlanishining asosiy sababi afsonaviy payg’ambar Zardusht nomi bilan bog’liq. Uning baxt keltiruvchi ta’limoti, odamlar tomonidan shu kunda qabul qilingan.
Bundan tashqari, Umar Xayyomning “Navro’znoma” va Firdavsiyning “Shohnoma” asarida Navro’zning kelib chiqish tarixi, afsonaviy shoh Jamshid nomi bilan bog’lanadi. Unda ta’kidlanishicha, shoh Jamshid odamlarga matodan kiyim qilishni, kasb-u hunarni va qonun-qoidalarni o’rgatadi. Uning oltindan yasalgan taxti, eng baland tog’ cho’qqisida, quyosh nurlari ila porlagan kun “Navro’z” deb nomlangan. Haligacha, bu kunni Zardushtiylik diniga sig’inuvchi parslar "Jamshidi Navro’z” deb atashadi.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga chuqur singgan bu bayram, Arablar fathidan nafaqat omon qoldi, balkim islom dinini qabul qilgan boshqa xalqlarga ham o’z ta’sirini o’tkazdi.
X asrda yashagan Beruniyning aytishicha, yilning boshi hisoblangan Navro’zda xiroj solig’i yig’ib olingan. Lekin, o’sha davrdagi hisob-kitoblar oy kalendariga asoslanganligi sababli Navro’z, yilning turli fasllariga ko’chib yurgan va ko’plab noqulayliklar tug’dirgan. Bu haqda biz qisman, kalenday haqidagi videomizda to’xtalib o’tgandik. Xalifa Mutavakkil davrida esa, Navro’zni quyosh taqvimiga asoslangan joyiga ya’ni 21-martga qaytariladi.
Beruniy, Navro’z bayramini nega musulmonlar tomonidan nishonlanishini quyidagicha izohlaydi: Bu kunni farishtalar ardoqlashadi, chunki ular ushbu kunda olovdan yaralishgan. Bu kunni payg’ambarlar ardoqlashadi, chunki bu kunda quyosh yaralgan. Bu kunda hech kim ishlamaydi, ko’chaga chiqib, bayram qilishadi.
Tabiiy holki, chorvachilik va dehqonchilik hayot kechirgan xalqlar orasidan bu kun alohida ahamiyatga ega. Chunki, kunlar sekin astalik bilan uzayib, isishni boshlaydi. Tabiat qayta jonlanadi.
Bunday ijobiy hodisa sharafiga juda ko'plab urf-odatlar paydo bo’lgan. Misol uchun, bayram dasturxonining bezatilishida, ko’klam ramzi bo’lmish bug’doy maysasidan foydalaniladi. Navro’zdan oldin qarzlardan qutulish, ko'cha - hovlilarni tozalash, bilib bilmasdan qilib qo'yilgan gunohlardan tovba qilish va urushib qolgan odamlar bilan yarashish, shu xonadonga fayz-u baraka keltiradi deb hisoblanadi. Bundan tashqari, agar erkaklar yig'ilishib milliy taomlardan biri halim tayyorlashsa, ayollar uchun milliy liboslar kiyib, qo’llarga xina surtish va sumalak pishirish bayramona kayfiyat beradi.

-----------------------------------------------
E-mail: [email protected]
Instagram - www.instagram.com/gulugulu.tv
Facebook - www.facebook.com/tv.GuluGulu
Telegram - www.t.me/Gulugulu
-----------------------------------------------

Video materialdan muallif ruxsatisiz foydalanish qonun bilan taqiqlanadi va foydalangan inson jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mualliflik huquqini o‘zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliy huquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat ko‘rsatadi.

#Navroz #Navruz #Zardushtiylik