#bayram#tabrigi#ustozlar#haqida#sher
1- oktyabr oʻqituvchi va murabbiylar kuniga:
Otamday ulugʻim qadrdonginam,
Sizni qalb, qalbimdan qilaman e'zoz.
Onamday shirinsoʻz mehribonginam,
Bayramingiz muborak ustoz!
Tanitdingiz menga yorugʻ dunyoni,
Har bir soʻzingizga qilmam e'tiroz.
Oʻrgatdingiz bilim, ilm, ziyoni,
Bayramingiz muborak ustoz!
Eng sharafli kasbni tanlaganimsiz,
Kasbni deb yonasiz, qoʻyasiz ihlos.
Meni oʻzimdan koʻp oʻylaganimsiz,
Bayramingiz muborak ustoz!
Qanchalar e'tirof qilsam shuncha kam,
Sizni chin qalbimdan sevganligim rost.
Qattiqqoʻl domlam-u, zoʻr muallimam,
Bayramingiz muborak ustoz!
✍ Mumtozbegim