DADAJONIM/ДАДАЖОНИМ

Опубликовано: 14 Июль 2026
на канале: Zarmina
470
22

#tasirli#sher#dardli#otalar#haqida#sher
#buyurtma

Bir qizning dadajonlari xotariga bagʻishlab:

Dadajonim...

Bu hayotni erta tashlab ketdingiz-ku,
Farzandlarni yoʻllarga zor etdingiz-ku,
Allohimni makoniga yetdingiz-ku,
Diydorlari armon boʻlgan dadajonim!

Yiqqan barcha davlatingiz bizga tashlab,
Jigarlarni, yaqinlarni koʻzin yoshlab,
Ketdingiz-ku panohgohim bizni tashlab,
Borgan yeri Rayyon boʻlgan dadajonim,

Bu dunyoda yakka-yolgʻiz davlatimsiz,
Togʻ kelbatli, arslon yurak savlatimsiz,
Jannatlarda yurgan mening jannatimsiz,
Ketgan yoʻli gumon boʻlgan dadajonim!

Qabringizda qiynalmayin yotibsiz-mi?
Sirotlardan bardam, kulib oʻtibsizmi?
Bir oʻy qiynar : " Jannatlarga yetibsiz-mi?"
Gulday umri hazon boʻlgan dadajonim!

Tuproq bolish boshingizga botmadimi?
Alloh sizni jahannamga otmadimi?
Savol-javob ayting qiyin oʻtmadimi?
Allohimga mehmon boʻlgan dadajonim!

Tushlarimga bir bor kiring, yaxshiman deng,
Firdavslarda mezbonman deng yoʻq armonim,
Yigʻlamayman, "yigʻlashingga qarshiman" deng,
Jannatlarda davron surgan dadajonim!

Har bir qilgan duomdasiz, oʻyimdasiz,
Balolardan qalqon boʻlgan mehribonim.
Ortingizdan yigʻlab qoldi, zor qizingiz
Diydorlari armon boʻlgan dadajonim!

Alloh oʻzi bandam desin, raxmat qilsin,
Ming afsuski endi yoʻqsiz qadrdonim.
Duodaman: " Joylaringiz jannat boʻlsin"
Borgan joyi rayyon boʻlgan dadajonim!

✍ Mumtozbegim

P/s: Oʻtganlarni joyi jannatdan boʻlsin!🤲🤲🤲