JUMA MUBORAK/ЖУМА МУБОРАК

Опубликовано: 03 Сентябрь 2026
на канале: Zarmina
652
28

#juma#tabriklari#juma#ayomingiz#bilan
Shukrona aytay...

Doʻstlarim "amiyn" deng shukrona aytay,
Yaratgan yuborgan har bir tong uchun.
Tanim sogʻ, ustim but, nafas olganim,
Ertalab yeganim issiq non uchun!

Azizlar "amiyn" deng shukrona aytay:
Dunyoni koʻrolgan koʻzlarim uchun.
Hech kim yordamisiz qadam tashlayman,
Baxt bilan bezangan yuzlarim uchun!

Onajon "amiyn" deng shukrona aytay:
Borligingiz uchun, boringiz uchun,
Sizni menga bergan Allohimga hamd,
Duoda, mehrda yoringiz uchun.

Otajon "amiyn" deng shukrona aytay,
Yaralganim uchun baxtlarim uchun.
Erkin oʻy, erkin ish, erkin harakat,
Har tuzgan rejam-u ahdlarim uchun!

Yurtdoshlar "amiyn" deng shukrona aytay:
Tinchlik, faravonlik baxtimiz uchun.
Har kuni yuksalib, odimlayotgan,
Vatanimiz uchun, davrimiz uchun!

Azizlar "amiyn" deng shukrona aytay,
Shukurda halovat, shukurda huzur!
Yoʻqdan bor aylagan Mumtozbegimni!
Allohimga hamdlar, Allohga shukur!

Erta tong "amiyn" deng shukrona aytay...

✍ Mumtozbegim