MEN HAM SENGA MEHMONMAN DUNYO

Опубликовано: 03 Май 2026
на канале: Zarmina
135
27

#tasirli#sher#juma_#tabriklari#_#juma_#muborak
🌞MEN XAM SENGA MEXMONMAN DUNYO!!! 🙏

Har narsaning ,ibtidosi bor,
Goʻzal davri, intihosi bor,
Qalbim kemtik, iltijosi bor,
Men ham senga mehmonman dunyo!

Koʻzlarim toʻhtaydi koʻrishdan
Yuragim charchaydi, urishdan,
Umidim bor magʻrur yurishdan,
Men ham senga mehmonman dunyo!

Shinam , soʻlim bogʻlaring goʻzal,
Choʻqqilaring togʻlaring goʻzal,
Har bandaga mezbonsan azal,
Men ham senga mehmonman dunyo!

Yoshim yashab oshim oshayman,
Ertam bor-mi, yoʻqmi bilmayman,
Haq dunyodan umid uzmayman,
Men ham senga mehmonman dunyo!

Mayli siyla dardlaring bilan,
Shodliklaring baxtlaring bilan,
Gʻanimat-ku har bitta odam,
Men ham senga mehmonman dunyo!

Keldim, bir kun ketmogʻim tayin,
Rihlat tomon yetmogʻim tayin,
Tiriklikda yayrab yashayin,
Men ham senga mehmonman dunyo!

Har bandaga mezbonsan azal,
Men ham senga mehmonman dunyo!

✍ Mumtozbegim